Rim papasi Fransisk insoniyatni urushdan butunlay voz kechishga chaqirdi. Shuningdek, Xirosima va Nagasakidagi atom hujumi insoniyatga ommaviy qirg‘in qurolini taqiqlab qo‘yish lozimligini eslatib turishini ta’kidladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.
Rim papasi o‘zining Vatikandagi an’anaviy va’zida ushbu fojia shuncha yillar davomida dahshat va nafrat tuyg‘ularini chaqirishini aytib o‘tdi. U dindorlarni tinchlik, birodarlik va xalqlarning tinch-totuv yashashini mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga undadi.
Izoh (0)