Turkiyada sayyohlik avtobusining YTHga uchrashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Eurointegration.com.ua” xabar beradi.
Halokat 6-avgust kuni 16:30 ga yaqin sodir bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, avtobus Pamukkaledan Antaliyaga yo‘l olgan bo‘lib, unda 38 nafar Rossiya, Ukraina va qozog‘istonlik sayyohlar, shuningdek, uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Halokat sabablari ma’lum qilinmadi. Hodisa joyida 17 ta tez yordam mashinalari ish olib bordi.
Izoh (0)