Ijtimoiy tarmoqlarda Islandiya bo‘ylab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan sotuvchisiz sabzavot do‘konlarining suratlari keng muhokama qilinmoqda.
Qayd etilishicha, bu fermerlarga tegishli bo‘lib, undagi maxsus qutiga 200 krona (taxminan 1,5 dollar) tashlab, shu yerda yetishtirilgan pomidordan yarim kilo olib ketish mumkin. Savdo to‘liq o‘zaro ishonchga asoslangan: hech qanday kuzatuv ham, sotuvchi ham yo‘q.
Shuningdek, Norvegiyadagi qishloqlarda ham shunday do‘konlar borligi ma’lum qilingan. Bu qishloqlarda uylarda eshiklar qulflanmasligi ham aytilgan.
Bunday ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Germaniyada, Gollandiyada, Gavayi orollarida va Daniyada ham sotuvchisiz do‘konlar va rastalar mavjudligini aytib, fotosuratlarni joylashtirgan.
Rossiyaning Suzdal shahrida esa olma va noklardan bepul tatib ko‘rish imkoniyati yaratilgani qayd etilgan.
Izoh (0)