1—30-avgust kunlari Moskvaning “Suv ustidagi sirk”i gastrol safari bilan Toshkentga kelib, “Kuylovchi favvoralar” dasturini namoyish etadi. Bu haqda “Anons.uz” xabar beradi.
O‘zbek davlat sirkining ma’lum qilishicha, bu davrda sirk maydoni favvoralar otilib turgan ulkan ko‘lga aylanadi. Balandligi 150 santimetrdan oshuvchi sirk hovuziga 140 tonna suv sig‘adi.
Sirk dasturi attraksionlar, ekzotik hayvonlar, akrobatlar, havo gimnastikachilari, ekvilibristlar, masxarabozlar va jonglyorlarni o‘z ichiga oladi. Artistlarning chiqishlari bir oy davomida, shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)