Magadanda 12-sentabr kuni “Shimol yeri va dengizining in’omlari” nomli qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Unda 25 kilogramm qizil ikrali ulkan buterbrodni tayyorlash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, yarmarka mehmonlari uchun tayyorlangan turli noz-ne’matlarni tekin tarqatish ko‘zda tutilmoqda. Masalan, baliqsho‘rva, teshik kulcha bilan choy va hokazo.
Yarmarka tashkilotchilarining g‘oyasiga ko‘ra, unda mehmonlar va fermerlar o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkaziladi. Yetishtirilgan eng katta va ekzotik sabzavot yoki meva, savdo rastasi uchun yuzaga kelgan eng uzun navbat tanlovlari shular jumlasidandir.
Izoh (0)