AQShning Pew Research Center tadqiqot markazi tomonidan 40 ta mamlakatda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov yakunida Rossiya va uning prezidenti Vladimir Putin dunyo bo‘ylab ommaboplik bo‘yicha AQSh va uning prezidenti Barak Obamadan ancha ortda qolishi ma’lum bo‘ldi.
So‘rovda qatnashgan 45 ming kishining 30 foizigina Rossiya haqida ijobiy fikr bildirgan, Putin esa 25 foiz ishtirokchida yaxshi taassurot qoldirgan. Polsha va Iordaniyada 80 foiz, Isroilda 74, Yaponiyada 73, Ukrainada 72, Fransiya va Germaniyada 70, AQShda 67 foiz ishtirokchilar Rossiya haqida yomon fikrga ega. AQShda bu ko‘rsatkich ikki yil oldin 37 foizga teng bo‘lgan. Vyetnamda so‘ralganlarning 75 foizi, Xitoyda 51, Ganada 56 foizi ijobiy fikr bildirgan.
Deyarli barcha mintaqalarda AQShning imiji Rossiyadan ancha yaxshiligi ma’lum bo‘lgan. Yevropada bu ko‘rsatkich mos ravishda 69 va 26, Afrikada 79 va 37, Lotin Amerikasida 67 va 29, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 66 va 37, Yaqin Sharqda 29 va 25 foizga teng.
Vladimir Putin haqida Rossiyadan tashqarida so‘ralganlarning 58 foizi salbiy fikr bildirgan. Ispaniyada bu 92, Polshada 87, Fransiyada 85, Ukrainada 84, Avstraliyada 81, Peruda 52, Keniyada 45 foizga teng. Vyetnamliklar va venesuelaliklarning 70 foizi esa Putin haqida ijobiy fikrda.
Barak Obamani Yevropada so‘rov ishtirokchilarining 75 foizi, Putinni esa 15 foizi qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Afrikada bu ko‘rsatkich mos ravishda 77 va 32, AQShda 41 va 21, Yaqin Sharqda 36 va 25 foizga teng.
Izoh (0)