AQShning Florida shtatida joylashgan Eglin harbiy havo bazasida parashyutdan sakrash o‘quv mashg‘ulotlari davomida AQSh Harbiy havo kuchlari maxsus bo‘linmasining ikki harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Harbiy xizmatchilar 3-avgust, dushanba kuni mashq bajarish chog‘ida noma’lum sababga ko‘ra shikastlanish oldi. Zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan harbiylar u yerda halok bo‘ldi.
Halok bo‘lgan Timoti Offiser va Marti Bettelyun texnik-serjant nomini olgan, Harbiy havo kuchlarining boy tajribaga ega bo‘lgan faxriylari bo‘lib, Iroq va Afg‘onistonda ham xizmat qilgan edi.
AQSh Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Izoh (0)