Saudiya Arabistonida MERS koronavirusidan to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, o‘lim holatlari poytaxt Ar-Riyodda qayd etilgan. Vafot etganlarning uch nafari Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lgan.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni poytaxtida uchta, mamlakat janubi-g‘arbidagi Najran shahrida bitta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi.
Izoh (0)