Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chexiya prezidenti Milosh Zeman sentabrda Xitoyda Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga bag‘ishlangan paradga tashrif buyurmoqchi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda” Chexiya tashqi ishlar vazirligiga tayanib. Avvalroq esa YeI ushbu tadbirga birgalikda boykot e’lon qilishni taklif etgandi.

Foto: telegraph.co.uk

Foto: telegraph.co.uk

“Prezidentimiz Xitoydagi bayramga borishni istashini bilardik. Biz YeIning muvofiqlashgan pozitsiyasini rad etishga majbur bo‘ldik”, — dedi Chexiya TIV matbuot kotibi.

Zemanning vakili so‘zlariga ko‘ra, Chexiya prezidenti YeIning pozitsiyasini noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

Paradda qatnashmaslikka asosiy sabab sifatida Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi keskinlikni kuchaytirishdan qochish keltirilmoqda.

Milosh Zeman paradda yagona yevropalik siyosatchi bo‘lishi mumkin. U yerda, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bo‘ladi. Chexiya OAVlari bunday qadamni “YeIga xiyonat” deb atamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi