Murad Buildings tashabbusi bilan Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlarining 20 nafar eng yaxshi o‘qituvchilari 28-iyul kuni Whyndham Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Igor Mannning seminarida bepul qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston bozorida eng tez rivojlanayotgan developerlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Murad Buildings uchun bu yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini oshirishga salmoqli hissa qo‘shish uchun yana bir imkoniyat bo‘ldi.
Biznes-seminarga tashrif buyurgan o‘qituvchilar nafaqat nazariy asoslarni tasdiqlab oldi, balki Igor Mannning shaxsiy tajribasidan katta hajmdagi amaliy misollar bilan tanishish imkoniga ham ega bo‘ldi. E’tiboringizga seminar ishtirokchilarining ijobiy fikrlaridan bir nechtasini taqdim etamiz:
Sodiqova Iroda Anvarovna, O‘zbekiston Milliy universiteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti: “Seminar juda foydali bo‘ldi va katta hajmdagi real biznes-keyslarni qamrab oldi. Ushbu tadbirda qatnashish imkoniyatini taqdim etgani uchun Murad Buildings rahbariyatidan juda minnatdorman. Bunday seminarlar hech qachon izsiz ketmaydi va ham o‘qituvchilar tarkibining malakasi, ham umuman talabalarni tayyorlash darajasi oshishiga ulkan hissa qo‘shadi”.
Cho‘lliyev To‘lqin Mehmonqulovich, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchisi: “Hammasi oddiy va zo‘r o‘tdi. To‘g‘risi, ma’lumot juda ko‘p bo‘ldi. Biroq men professional jihatdan yanada o‘sish va shaxsiy rivojlanish uchun ulkan energiya zaryadi va kuchli turtki oldim”.
Xairova Dinara Rimovna, Toshkent arxitektura va qurilish instituti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi dotsenti: “Men va hamkasblarim Igor Mannning biznes-seminarida ishtirok etish imkoniyati berilganidan g‘oyat mamnunmiz. U biz uchun juda foydali bo‘ldi, chunki nazariy bilimlarni amalda qo‘llash bo‘yicha katta hajmdagi misollar ko‘rsatildi. Tadbir muhitini alohida e‘tirof etish lozim. U bir tomondan ishbilarmonlarga juda xos, boshqa tarafdan erkin va o‘ta qulay bo‘ldi. Biz biznes-seminar tashkilotchilariga ulkan minnatdorchilik bildiramiz, o‘z kasbiy tajribamizni boyitish imkonini taqdim etgan homiy — Murad Buildings kompaniyasiga esa ikki karra minnatdorchilik izhor etamiz”.
Rossiyalik taniqli amaliyotchi trenerning seminariga tashrif buyurgan o‘qituvchilar tarkibi Murad Buildings kompaniyasiga ulkan minnatdorchilik izhor qilib, bildirilgan ishonchni oqlash hamda olingan bilimlarni marketing va menejment bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarga yetkazishga tayyorligini bildirdi.
Kompaniya haqida
Murad Buildings O‘zbekistonda ko‘chmas mulk qurilishi bilan shug‘ullanuvchi mamlakat bozorida 15 yillik tajribaga ega developerlik kompaniyasidir. Faoliyatining asosiy turi ko‘p qavatli uylar va ularning yonidagi ijtimoiy infratuzilmani o‘z ichiga oluvchi turar joy loyihalarini amalga oshirish hisoblanadi. Turar joy majmualari individual me’morchilik konsepsiyalari asosida quriladi va turli daromad darajasiga ega keng aholi vakillariga mo‘ljallangan.
Qurilishga mehr va muhabbat qo‘ygan yosh va g‘ayratli professionallardan iborat yangi menejment jamoasi shakllantirilgach, kompaniya qat’iyat va g‘urur bilan bozor talablariga javob beruvchi yangi loyihalarni rivojlantirishda davom etmoqda. Murad Buildings yangiliklari bilan kompaniyaning Facebook’dagi sahifasi orqali tanishib borish mumkin.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)