Rossiyalik milliarder Roman Abramovichning Ervington Investments kompaniyasi yo‘llarda haydovchilarning o‘zini tutishi to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish imkonini beruvchi Driveway Software Inc. startapiga 10 million dollar sarmoya kiritdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Qayd etilishicha, jalb etilgan mablag‘lar kompaniyaning telematik yechimlar bozoridagi pozitsiyalarini kuchaytirish va eng yaxshi mutaxassislarni jalb etish hisobiga kompaniya xodimlari sonini oshirishga yo‘naltiriladi.
Driveway iOS va Android operatsion tizimlarida ishlovchi smartfonlar uchun ishlab chiqqan dasturlar sug‘urta kompaniyalariga haydovchilarning yo‘lda o‘zini tutishini kuzatib, ulardan eng ehtiyotkorlarini jalb qilish va ularga xizmatlar uchun ancha past narxlarni taklif etish imkonini beradi.
Izoh (0)