Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov va muz ustida raqs bo‘yicha Turin olimpiadasi chempioni Tatyana Navkaning to‘yi 1-avgust kuni Sochidagi “Rodina” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
To‘y marosimiga o‘nlab mehmonlar, jumladan siyosiy amaldorlar, sportchilar hamda madaniyat arboblari taklif qilingan.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning avgust oyida Peskov va Navkaning Nadejda ismli qizi tug‘ilgan. 40 yoshli Navkaning birinchi nikohidan bir qizi, 47 yoshli Peskovning esa ikki o‘g‘li va bir qizi qolgan.
Izoh (0)