4-avgust kuni 54 yoshni to‘ldiradigan AQSh prezidenti Barak Obama an’anaga binoan o‘z tug‘ilgan kunini nishonlashni muddatidan oldinroq boshladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
1-avgust kuni u o‘zining bolalikdagi uch nafar do‘sti bilan AQSh dengiz aviatsiyasining Merilend shtatida joylashgan Endryus bazasiga borib, golf o‘ynagan.
Keyin tantanani nishonlash prezidentning shahar tashqarisida joylashgan Kemp-Devid qarorgohida davom ettirilgan. Obama Oq uyga 2-avgust, yakshanba kuni qaytishi kutilmoqda.
Izoh (0)