Yaponiyada imperatorning saroy ishlari bo‘yicha boshqarmasi 1-avgust kuni imperator Xiroxitoning Ikkinchi jahon urushida Yaponiyaning so‘zsiz taslim bo‘lganligi haqidagi e’loni audioyozuvining asl nusxasini birinchi marta keng omma e'tiboriga havola qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Imperatorning 1945-yil 14-avgustdagi chiqishi vinil plastinkaga yozib olinib, 15-avgust kuni tush vaqtida efirga uzatilgan edi.
“Urushning tugashi bilan bog‘liq ushbu ramziy buyumning Ikkinchi jahon urushi tugashining 70 yilligi munosabati bilan keng ommaga namoyish qilinishi juda muhim degan qarorga keldik”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Imperatorning e’loni hozir ham mavjud bo‘lgan NHK telekanali xodimlari tomonidan uning saroyida yozib olingan edi. Uning chiqishi 4,5 daqiqa davom etgan bo‘lib, ko‘pchilik uni tizzasida turib, ko‘zida yosh bilan eshitgan. O‘shanda Yaponiyaning deyarli barcha aholisi “xudo odam” hisoblangan imperatorning ovozini birinchi marta eshitgan edi.
Izoh (0)