Argentinalik sobiq futbolchi va murabbiy Diyego Maradona 1984−2004-yillarda o‘zi bilan nikohda bo‘lgan sobiq xotini Klaudiya Vilyafanya undan 9 million dollar o‘g‘irlaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Bolalikdagi sevgilim, sobiq xotinim o‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Agar u rostan ham shu ishlarni qilgan bo‘lsa – bundan hammamiz qo‘rqamiz – u qamoqda o‘tirishiga to‘g‘ri keladi”, − dedi Maradona.
Ota-ona o‘rtasidagi mojaroda ularning ikki qizi Dalma va Janina onasi tarafga o‘tgan.
Izoh (0)