Turkiya politsiyasi so‘nggi kunlarda o‘tkazilgan aksilterror operatsiyalar vaqtida terrorchilik tashkilotlariga a’zolik gumoni bilan 1,3 mingdan ortiq kishini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“2015-yil 29-iyul holatida mamlakatning 39 ta viloyatida IShID, Kurdiston ishchi partiyasi va ularga bog‘liq tashkilotlarga qarshi operatsiyalar o‘tkazilib, 1302 kishi qo‘lga olindi”, — deyiladi hukumatning muvofiqlashtirish markazi bayonotida.
28—29-iyul kuni Iroq shimolidagi oltita mintaqaga Turkiya harbiy havo kuchlari tomonidan zarbalar berilishi natijasida Kurdiston ishchi partiyasining qator qarorgohlari yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyul kuni Bryusselda Turkiyaning so‘rovi bilan mamlakatdagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan NATOning favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)