Yamandagi nizolarning kuchayishi davomida joriy yilning 26-martidan buyon 1895 nafar fuqaro, shu jumladan 365 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Boshqarmasi matbuot kotibi Ravina Shamdasanining Jenevadagi brifingda bergan ma’lumotiga asoslanib xabar beradi.
“Yamanda 26-martdan buyon yaralangan fuqarolar 4582 kishini tashkil etdi. Ulardan 484 nafari bolalardir”, — deydi matbuot kotibi.
Yaman hukumati va shia isyonchilari o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2014-yilning avgustidan kuchaygan edi. “Ansor Alloh” harakati tarafdorlari bo‘lgan xusiylar joriy yilning yanvar oyida mamlakat poytaxtini egallagan edi.
Izoh (0)