Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori o‘rinbosari Aleksandr Buksman Bosh prokuraturaning 2015-yilning birinchi yarim yilligiga bag‘ishlangan kollegiyasidagi ma’ruzasida o‘tgan yillarning 300 mingga yaqin jinoyat ishlari yo‘qolganligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Buksman yo‘qolgan jinoyat ishlarining har beshinchisi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, shu jumladan minglab qotillik jinoyatlariga daxldor ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Saratov viloyatida yo‘qolgan ishlarning to‘rtdan uch qismi og‘ir jinoyatlar turkumiga kiradi.
Ushbu jinoyat ishlari qaysi davr ichida yo‘qolganligiga aniqlik kiritilmadi.
Izoh (0)