Noma’lum shaxslar tomonidan AQShning Islomoboddagi elchixonasi xodimi otib o‘ldirilgan. Uning jasadi 26-iyul kuni uyidan topilgan, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Iqbol Baig Pokistondagi vakolatxonaning giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasida ishlagan. AQShning Pokistondagi elchixonasi hozircha hodisani hech qanday sharhlamadi.
Politsiya jinoyat sabablarini ma'lum qilmadi.
Izoh (0)