AQSh Ukrainada harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi, deb xabar beradi “Kommersant.ru” Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner ma’lumotiga tayanib. “Bu o‘quv mashg‘ulotlari biz mart oyida e’lon qilgan milliy gvardiya o‘quv mashg‘ulotlariga o‘xshash bo‘ladi”, — deydi Mark Toner.
O‘quv mashg‘ulotlari mamlakatning g‘arbida, Polsha chegarasi yaqinida o‘tkaziladi. Tonerning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning bir qismi hisoblanadi.
Izoh (0)