Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina, Germaniya va Fransiya yetakchilari bilan “normandcha format”dagi telefon suhbatidan so‘ng shoshilinch ravishda Xavfsizlik kengashini chaqirdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Kreml matbuot xizmati yozishicha, “Donbassdagi vaziyatni muhokama qilishdan tashqari, majlis ishtirokchilari ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashdi”.

Ta’kidlanishicha, “normand to‘rtligi” yetakchilari bilan telefon suhbatida Putin Ukraina tomonini “Donetsk xalq respublikasi” va “Lugansk xalq respublikasi” vakillari bilan mintaqalarning alohida maqomini qonunan rasmiylashtirish bo‘yicha kelishib olishga chaqirdi.

Bundan tashqari “normand to‘rtligi” yetakchilari tanklar, 120 millimetrdan kam kalibrli minomyotlar va 100 millimetrdan kam artilleriya yarog‘-aslahalarini tutashish chiziqlaridan 15 kilometrga uzoqlashtirish haqidagi hujjat bo‘yicha kelishib olinganidan mamnunlik bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda qancha pedagog faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri
Maslahatlar
Qo‘llardan piyoz, sarimsoq va baliq hidini ketkazishning 10 usuli