Belarus davlati prezidenti Aleksandr Lukashenko 22-iyul kuni fransiyalik mashhur aktyor Jerar Depardye bilan uchrashdi, deb xabar beradi “President.gov.by”.
Lukashenko va Depardye qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasini rivojlantirish mavzularida norasmiy vaziyatda suhbatlashdi.
Davlat rahbari Jerar Depardye uchun Ostroshitskiy shaharchasidagi Belarus Respublikasi prezidentining rasmiy qarorgohiga qisqa ekskursiya o‘tkazdi. Unda qishloq xo‘jaligi texnikasining bir necha namunalari bilan aktyorni tanishtirdi, unga qo‘lda o‘rishni o‘rgatdi.
Izoh (0)