Toshkent shahridagi 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida asos solingan “Tabassum” raqs ansambli o‘ninchi xalqaro festivalda “Obzor atirgullari” raqs san’ati tanlovida "Xalq uslubidagi raqs" yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni va “Estrada raqsi” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Review.uz” xabar beradi.
Festival 2015-yilning 29-iyunidan 12-iyuliga qadar Bolgariyaning Obzor shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Rossiya, Estoniya, Bolgariya va O‘zbekiston kabi davlatlardan 17 ta raqs jamoasi qatnashdi.
O‘zbekistondan ushbu festivalda uchta jamoa: “Tabassum” raqs ansambli, “Divas” estrada yo‘nalishidagi raqs studiyasi va “Shans” raqs guruhlari qatnashdi. Xalqaro tanlovdagi O‘zbekistonning ishtiroki "Iste'dodli bolalar" xalqaro innovatsion loyihasi hamda “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoatchiligi fondi ko‘magida amalga oshirildi.
Izoh (0)