Chexiyaning shimoli-sharqidagi Studentka shahrida 22-iyul, chorshanba kuni tezyurar yo‘lovchi poyezdi yo‘l kesishmasida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Halokat natijasida ikki kishi qurbon bo‘ldi, 20 dan ortiq odam yaralandi. Ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir. Yuk mashinasi haydovchisi temir yo‘l kesishmasini svetoforning qizil chirog‘i yongandan keyin kesib o‘tishga uringan.
Pendolino yo‘lovchi poyezdining tezligi shunchalik yuqori bo‘lganki, avtomobilning motori to‘qnashuv joyidan 200 metr masofadan topilgan. Poyezd esa yo‘l kesishmasidan ikki kilometr o‘tib to‘xtashga muvaffaq bo‘lgan.
Hodisa joyida o‘ndan ortiq tez yordam va o‘t o‘chirish mashinalari, hamda vertolyotlar odamlarni vagonlardan chiqarishga yordam bermoqda.
Izoh (0)