Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi (BOOD) Yamanda harbiy harakatlar boshlangandan beri birinchi marta katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakat janubidagi Adan port shahriga yetkazib berdi. Tarqatilgan press-relizdan ma’lum bo‘lishicha, kemadagi ozuqa bir oy davomida 180 ming kishini to‘ydirishga yetadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: un.org

Foto: un.org

Keltirilgan gumanitar yordam hukumat tarafdorlari va shia isyonchilari o‘rtasida qaqshatqich janglar ketayotgan janubiy provinsiyalar aholisi o‘rtasida taqsimlanadi. Ta’kidlanishicha, kema Yaman sohillariga  26-iyunda yetib kelgan, biroq xavfsiz qo‘nim topish va yuklarni bo‘shatish uchun salkam bir oy kutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatning salkam 13 million fuqarosi oziq-ovqat yetishmovchiligini his etmoqda, ulardan 6 million nafari  o‘zini ta’minlay olmaydi va tashqi yordamga muhtoj. Davom etayotgan jangovar harakatlar va moliyalashtirishdagi qiyinchiliklarga qaramay, aprel oyidan beri BOOD Yamanning 13 provinsiyasidagi 2 milliondan  ziyod aholiga yordam ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?