21-iyul kuni reper 50 Cent Manxetten Oliy sudida uning boyligi shunchaki illyuziya bo‘lganligi haqida ko‘rsatma berdi, deb xabar beradi “Tjournal.ru”.
“Men qimmatbaho buyumlarni va mashinalarni do‘konga qaytarib berganman”, —dedi reper ko‘rsatmasida.
Reperning advokati Forbes jurnali may oyida uning boyligini 155 million dollarga baholaganiga qaramasdan, haqiqatda bu miqdor 4,4 million dollarni tashkil etishini ta’kidladi. Shuning uchun sud 50 Cent’ga 5 million dollar to‘lash majburiyatini yuklagandan so‘ng, u bankrotlik jarayonini boshlashga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni, 50 Cent taxallusi bilan mashhur bo‘lgan reper Kyortis Jeyms Jekson III o‘zining bankrot bo‘lganligini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)