AQShning Jorjiya shtati shimolidagi o‘rmon hududida 4 mingdan ortiq eksponat eski avtomobillarning eng yirik muzeyini boyitib turibdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Hammasi 1931-yilda oilaviy avtobiznesdan boshlangan edi: biroq 70-yillarga keliboq Uolter Din Lyuisda 40 ta avtomobildan iborat kolleksiya paydo bo‘ldi.
Vaqt o‘tishi bilan u tashrifchilar uchun tashlandiq avtomobillar shahrini ochsa ancha ko‘p pul ishlashi mumkinligini tushundi.
Ba’zi avtomobillar 30−40 yillardan buyon harakatsiz turibdi – bu vaqt ichida hattoki ularning ichidan daraxtlar o‘sib chiqqan, ba’zi holatlarda esa yerdan ko‘tarilgan.
“Bu – tarix. Boshqalar ularni yo‘q qilishga tayyor bo‘lgan paytda, men ularni qutqardim. Har kuni eski avtomobillarga qaramasdan qanday yashashim mumkin bo‘lganini bilmayman”, − deydi Lyuis.
Izoh (0)