Xabaringiz bor, bugungi kunda 2015/2016-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari ketmoqda. Bugun, 20-iyul kuni, hujjatlar qabul qilishning so‘nggi kuni, deb xabar qiladi “Xushnudbek.uz”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bugungi kunga kelib, abituriyentlar soni 549 ming 358 nafarni tashkil qilmoqda. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yili qayd etilgan rekord natijadan ham ko‘proqdir.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan tushgan arizalar soni jami 480 407 tani, 2014-yili esa 543 131 tani tashkil etgan edi.

Hozircha respublika bo‘yicha quyidagi OTMlarga eng ko‘p hujjat topshirilgan:

OTM nomi Kvota Abituriyentlar soni Konkurs
Termiz davlat universiteti 1662 31011 18.66
Jizzax davlat pedagogika instituti 1615 22401 13.87
Andijon davlat universiteti 1400 21088 15.06
Farg‘ona davlat universiteti 1274 20375 15.99
Qarshi davlat universiteti 1280 20206 15.79