Toshkentdagi “Do‘stlik” metro bekati yaqinida Cobalt simyog‘ochga borib urildi, deya xabar bermoqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari.
Natijada simyog‘och qulab, simlar uzilib tushgan va mashina yonib ketgan. Muallif ta’kidlashicha, haydovchi omon qolgan.
Fikr bildirganlarning ko‘pchiligi bu yo‘lning ravon ekanligini ta’kidlab, yo‘l-transport hodisasida haydovchining o‘zini aybdor qildi. Bunday qattiq to‘qnashuvdan keyin avtomobilchining tirik qolganini esa “mo‘jiza” deb atashdi.
Izoh (0)