2015-yil mart oyida Fransiya hududida, Alp tog‘larida halokatga uchragan Germanwings samolyotida halok bo‘lgan o‘nlab yo‘lovchilarning qarindoshlari avakompaniya tomonidan taklif etilgan tovon pulini olishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Ularning advokati so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorga qurbonlarning oilalari tovon puli miqdori yetarli emas, deb hisoblagani uchun kelgan. Germanwings tegishli bo‘lgan Lufthansa aviakompaniyasi har bir halok bo‘lgan yo‘lovchi uchun 25 ming yevrodan to‘lashni, shuningdek, qurbonlarning eng yaqin qarindoshlariga yana 10 ming dollardan ajratishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Advokatning ta’kidlashicha, u tovon puli miqdorini oshirishdan tashqari qurbonlarning kompensatsiya to‘lanadigan yaqin qarindoshlari doirasini kengaytirishga ham erishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 24-mart kuni Ispaniyaning Barselona shahridan Germaniyaning Dyusseldorf shahriga yo‘l olgan Germanwings aviakompaniyasining samolyoti Fransiya janubida halokatga uchragan edi. Oqibatda 150 kishi halok bo‘ldi. Tekshiruv vaqtida ikkinchi uchuvchi Andreas Lyubits samolyotni atayin qulatgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)