Ukrainada buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asarini nashrga tayyorlash ishlari yakunlandi, deya xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
XX asrning 40-yillarida ukrainalik shoir Nikolay Bajan ushbu asarning taxminan uchdan ikki qismini tarjima qilgan edi. Ukrainalik ekspertlar va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xodimlari hamkorlikda asar tarjimasining qolgan qismini to‘ldirdi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tomonidan “ADEF-Ukraina” nashriyot uyi hamkorligida va “UkrO‘zAvto” kompaniyasi moliyaviy ko‘magida nashrga tayyorlangan kitobda mumtoz asar o‘zbek va ukrain tillarida taqdim etilgan.
Izoh (0)