Fransiyada 29-iyundan 5-iyulgacha bo‘lgan bir hafta mobaynida jazirama tufayli 700 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
Qayd etilishicha, bu jaziramadan halok bo‘lishning odatiy darajasidan 7 foizga ko‘pdir. Bundan tashqari, aholi salomatligi yomonlashishi oqibatida tez yordam shifokorlari 3580 marta bemorlarning uylariga borgan.
Jazirama tufayli shifokorlarga 1460 ta murojaat kelib tushgan – bu odatiy darajadan 10 baravar ko‘p demakdir.
Izoh (0)