14-iyuldan Toshkentda “Reklama va dizayn maktabi. 2-guruh” mashg‘ulotlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Maktabda siz eng asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha boshlang‘ich bilimga ega bo‘lishingiz, o‘z ishining ustalari bilan suhbatlashishingiz va, umuman, to‘g‘ri kasbni tanlayotganingiz haqida o‘zingiz uchun qaror chiqarishingiz mumkin.
Reklama va dizayn maktabining qisqacha rejasi quyidagicha:
- mazmunga boy ta’lim dasturi;
- ekspertlar bilan jonli muloqot, bunda o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz;
- kasbingizga maksimal ravishda sho‘ng‘ish.
Unga Moskvaning Depot WPF brending agentligi strategi, dunyodagi eng nufuzli reklama mukofoti — Kann arsloni sohibi Farhod Qo‘chqorov mehmon ma’ruzachi sifatida taklif etilgan.
Shuningdek, ijodiy va reklama agentliklari, dizayn studiyalari mutaxassislari spiker sifatida qatnashadi.
Batafsil ma’lumotni designreklama.uz saytidan olishingiz mumkin.
Izoh (0)