Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2013-yil 15-mart kuni Yaponiyadagi yerusti metro bekatlaridan biri yopilgan, reja bo‘yicha yo‘lning bu qismi yangi yerosti seksiyasi bilan almashtirilishi kerak edi. Yerusti transportining yerostiga aylanishi katta ko‘lamdagi — 1000 dan ziyod muhandislarni jalb etish va ko‘p vaqtni talab qiladigan ish. Ammo hatto shu paytda Tokioda bo‘lganingizda ham, hoynahoy, qurilishni payqamagan bo‘lardingiz, chunki jarayon ishdan tashqari paytda bo‘lib o‘tgan va atigi... bir kechaga cho‘zilgan! Bu haqda “Travelask.ru” ma’lum qiladi.

Foto: tokyo-transit.com

Foto: tokyo-transit.com

1200 muhandisdan iborat jamoa bir kechaning o‘zida mavjud yo‘lni yer ostida joylashgan relslar bilan tutashtirishga muvaffaq bo‘ldi.Tokioga ketadigan oxirgi poyezd Sibuyaga tungi soat birda, keyingisi esa ertalabki soat 5 da kelishini hisobga olganda, muhandislarda bor-yo‘g‘i 4 soat bor edi, xolos. Shu vaqt oralig‘ida ular hamma narsani joy-joyiga qo‘yib, tongda transportdan yo‘lovchilar foydalangunga qadar bir necha poyezdni sinov tariqasida yurgizib ko‘rishi kerak edi.

Hammasi ko‘ngildagidek chiqqanini kimdir mo‘jiza deya hisoblaydi: muhandislarning har biri qaysi bolt qayerga qotirilishini bilishi lozim edi.Ish yaponlarga xos uyushqoqlik bilan tashkil etilgani natijasida Sibuya va Daykanyama bekatlari o‘rtasidagi yangi yo‘l tarmog‘i bir kechada tayyor bo‘lgan.

https://youtu.be/wIbZqqLra9k

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)