Caviar Rossiya—Italiya brendi iPhone 6 smartfonlari uchun lyuks avtomobillar mavzusidagi Motore d’Oro kolleksiyasini ishlab chiqarishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Hi-tech.Mail.ru”.
Kompaniya kolleksiya dizayni ustida ishlash uchun yaxta va mototsikllarga lyuks dizayn ishlab chiqishga ixtisoslashgan Daiel Matssonini taklif qilgan. U apparatlar korpusini avtomobillar tashqi ko‘rinishiga o‘xshatib ishlab chiqqan.
Jumladan, Ferrari LaFerrari, Bentley Continental GT Zagato, Porsche 918 Spyder 2015, Mercedes AMG GT 2015 singari lyuks avtomobillarga o‘xshash korpuslar tayyorlangan. Ularni ishlab chiqishda karbon va titan singari materiallardan foydalanilgan. Maxsus modellarni 129 mingdan 169 ming rublgacha (7300—9600 dollar) bo‘lgan narxlarda harid qilish mumkin.
Izoh (0)