2015-yilning 8-iyulidan O'zbekiston va Kipr davlatlari hukumatining turizm sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvi kuchga kirdi. Bu haqda “Uzdaily.uz” Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
O'zbekiston va Kipr o'rtasidagi ushbu kelishuv 2012-yilning 5-aprelida imzolangan edi.Kelishuvda, ikki tomonlama turistlar oqimini ko'paytirish maqsadida, turizm bilan shug'ullanuvchi davlat idoralari va boshqa tashkilotlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag'batlantirish ko'zda tutilgan.
Izoh (0)