Isroillik qo‘shiqchi Adi Lederman bir nechta musiqachilar, shu jumladan, Madonnaning kompyuteriga xakerlik hujumi uyushtirganligi uchun 14 oylik qamoq jazosi va 15 ming shekel jarima jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda NBC xabar beradi.
39 yoshli Lederman shaxsiy hayotga bostirib kirish va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunlarni buzishdagi aybini tan oldi. Unga nisbatan qo‘llanilgan jazo sog‘lig‘idagi muammolar tufayli yengillashtirildi.
2015-yilning yanvar oyida tergov ishlaridan so‘ng Lederman hibsga olingan edi. Bunda Isroil hukumatiga FQB yordam berdi. Politsiya qo‘lga olingan shaxs kompyuterni buzib kirish natijasida o‘g‘irlangan qo‘shiqlarni sotishda gumonlanayotganini e’lon qildi.
2014-yilning dekabr oyida internetda Madonnaning yangi Rebel Heart albomiga kiruvchi tugallanmagan qo‘shiqlar paydo bo‘lgan edi. Qo‘shiqchi bu holatni uning shaxsiy va ijodiy hayotiga bostirib kirish deb atagan edi.
Izoh (0)