Dunyoning eng baland cho‘qqisini zabt etishga uringan ikki ekspeditsiya taqdiri haqida hikoya qiluvchi va 1996-yilda bo‘lib o‘tgan real voqealarga asoslangan “Everest” filmi 72-chi Venetsiya kinofestivalini ochib beradi. Bu haqda kinoko‘rik sayti orqali ma’lum qilindi.
Festival 2 dan 12-sentabrgacha o‘tkaziladi. Uning rasmiy dasturi esa 29-iyulda e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili festivalning bosh sovrini shvetsiyalik rejissor Roy Andersenga nasib etgan edi.
Izoh (0)