AQShdagi Alexander Historical Auctions kimoshdi savdosi uyi 1945-yilda German Gering tomonidan Adolf Gitlerga yo‘llangan telegrammani sotdi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Sarg‘ayib ketgan telegrammani ismini oshkor qilishni istamagan amerikalik kolleksioner 55 ming dollarga xarid qilgan. Bu boshlang‘ich narxdan deyarli ikki baravar qimmatdir. Telegramma 1945-yil 8-may kuni Gitlerning bunkeridan topilgan, keyinroq uni AQSh armiyasi kapitani Benjamin Bredin esdalik sifatida olib ketgan.
Telegramma 1945-yil aprel oyida Germaniya janubida bo‘lib turgan reyxsmarshal German Gering tomonidan yozilgan bo‘lib, u Gitlerga o‘z vakolatlarini topshirib, “xalq va vatan uchun” boshqaruvni unga topshirishni taklif qilgan. Ushbu telegramma fyurerning g‘azabini qo‘zg‘atib, uning ruhiy holatiga ta’sir etgan, deb hisoblanadi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu Gitlerni o‘z joniga qasd qilishga undagan sabablardan biridir. Gering esa vatanga xiyonatda ayblanib, barcha lavozimlaridan bo‘shatilgan va hibsga olingan. Bir necha kundan keyin Gitler o‘z joniga qasd qilgan.
Izoh (0)