Jahon banki va Lyuksemburg daromadlarni o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda dunyo aholisining 71 foizi kuniga 10 dollardan kam mablag‘ evaziga yashashi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Tadqiqotda aytilishicha, kuniga ikki dollardan ko‘p sarflay olmaydigan insonlar qashshoqlar hisoblanadi. Daromad darajasi past bo‘lgan insonlar kuniga 2—10 dollar, daromad darajasi o‘rtacha bo‘lganlar esa 10—20 dollar sarflaydi.
O‘rtadan yuqori daromadga kuniga 20—50 dollar sarflovchi insonlar ega. Yuqori darajadagi daromadga ega insonlar sifatida kuniga 50 dollardan ko‘p topuvchilarni ko‘rsatish mumkin.
Izoh (0)