Turkiyadagi uyg‘urlar jamoasi vakillari 9-iyul kuni Tailandning Istanbul shahrida joylashgan faxriy konsulxonasiga bostirib kirib, tosh va tayoqlar yordamida oynalarni sindirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ular konsulxona xodimlarining shaxsiy narsalarini sochib, Tailand hukumatiga ayblovlar yog‘dirgan. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Hujumda necha kishi qatnashganiga aniqlik kiritilmagan.
Hujum qilganlarning g‘azabiga Tailand hukumati 97 nafar uyg‘ur qochoqlarini Xitoyga topshirishga qaror qilgani sabab bo‘lgan. Yana 50 nafarining fuqaroligi aniqlanmagani bois hozircha Tailandda qoldirilgan.
Izoh (0)