“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2015—2017-yillarda Toshkent shahrining energiya va issiqlik ta’minoti modernizatsiyasini amalga oshiradi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Loyiha 4-Toshkent issiqlik markazida har birining quvvati 27 megavatt bo‘lgan to‘rtta gaz turbinali uskuna qurilishini ko‘zda tutadi. Loyiha yiliga qo‘shimcha 946 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga imkon beradi, bu kommunal sektor uchun issiqlik energiyasi ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
Hozirda loyiha kreditorlaridan biri — Yaponiya xalqaro rivojlanish agentligi (JICA) bilan birgalikda texnik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 2016-yilda pudratchini tanlash bo‘yicha tender e’lon qilinishi kutilmoqda.
Qiymati 170 million dollarga yaqin bo‘lgan loyiha JICA’ning 68 million dollarlik va O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 45 million dollarlik kreditlari, shuningdek, o‘zbek banklari va “O‘zbekenergo” mablag‘lari evaziga moliyalashtiriladi.
Izoh (0)