Finlyandiyaning Sipoo shahrida aqlli olmaxonning o‘zi veterinar huzuriga keldi. Yaralangan olmaxon mayda hayvonlar bo‘yicha mutaxassis Samuli Xeyskanen yoniga yo‘l oldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar beradi.
Veterinarning aytishicha, olmaxon uning yelkasiga chiqib olgan. Kemiruvchi juda kuchsiz bo‘lib, uning burnidan qon oqayotgan edi. Shifoxona xodimi hayvonchani olma, kepak va yorma bilan mehmon qildi.Xeyskanenning so‘zlariga qaraganda, olmaxon daraxtdan yiqilib tushgan va burnini urib olgan. U hech qachon yovvoyi hayvonlarning o‘zlari yordam uchun kelishiga guvoh bo‘lmaganini ta’kidladi.
Izoh (0)