6-iyul, dushanba kuni Tailandning shimoli-sharqidagi Kxonken viloyati hayvonot bog‘ida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 30 nafari esa yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Tomosha maydonchalari bo‘lgan, oynasiz ochiq avtobus hayvonot bog‘i hududidagi kichkina ko‘prikdan qulab tushib, ag‘darilib ketdi. Yaralanganlar zudlik bilan yaqindagi kasalxonalarga yetkazilib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
YTHda Tailand va qo‘shni Laosning fuqarolari jabrlandi.
Izoh (0)