Amerikalik 63 yoshli Merilin Xartman bundan buyon samolyotlarda chiptasiz uchmaslikka va’da berdi. Bu majburiyatni u aeroportlarning yopiq hududi chegarasini buzganlikda ayblanib ikki oylik qamoq jazosini o‘tab chiqqan Kuk okrugidagi (Illinoys shtati) qamoqxona ostonasida zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
U aprel va may oylarida bir necha marta Chikagodagi O”Xara va Miduey xalqaro aeroportlarining maxsus nazorat hududiga kirib olishga urinishlaridan so‘ng hibsga olingan edi.
Avvalroq ham u bir necha marta samolyotga chiptasiz chiqishga uringani uchun qamoqqa olingan edi. O‘tgan yilning avgust oyida u Southwest Airlines aviakompaniyasining samolyotiga chiptasiz chiqib olib, San-Xosedan Los-Anjelesgacha yetib olishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Izoh (0)