“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida” va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq “Universal bank” xususiy aksiyadorlik-tijorat bankiga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
“Gazeta.uz” qayd etishicha, chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya “Universal bank”dan 2012-yil yozida olib qo‘yilgan. Markaziy bank buni valyuta nazorati bo‘yicha qonunchilik buzilishi bilan izohlagan.
Ma’lumot uchun, “Universal bank” 2002-yil may oyida Qo‘qonda “Qo‘qon” banki o‘rnida tashkil etilgan bo‘lib,uning aksiyadorlari nodavlat kompaniyalar (47,95 foiz) va jismoniy shaxslar (52,05 foiz) hisoblanadi. 2003-yil aprelida bankning Toshkentda filiali ochilgan. 2015-yil 1-yanvar holatida “Universal bank” aktivlari 76,6 milliard so‘mni tashkil etgan.
Izoh (0)