AQShning Delta aviakompaniyasi nomidan Facebook’da ochilgan Delta Airways nomli soxta akkaunt orqali har biri 5 ming dollar va beshtadan birinchi klass aviachiptasidan iborat 175 ta sovrinlar to‘plami qo‘yilgan o‘yin haqida xabar chop etildi, deb xabar bermoqda BuzzFeed.
Xabar yolg‘onligi u chop etilganidan bir sutka o‘tib fosh etilgan. “Eslatib o‘tamiz, bu aviakompaniyaning rasmiy sahifasi emas va biz Facebook’dan uni o‘chirishni so‘radik”, — degan aviakompaniya vakili.
Xabar 65 ming martadan ko‘p “Share” qilingan (bo‘lishilgan) va uning ostida 26 mingdan ortiq izoh qoldirilgan. Foydalanuvchilar sahifadagi layklar soni juda kamligidan (4000) ham shubhalanmagan. Aviakompaniyaning Delta Air Lines nomli Facebook’dagi rasmiy sahifasi 1,5 milliondan ortiq layklarga ega.
Izoh (0)