Hindistonning markaziy qismida avtobus halokati natijasida kamida 25 kishi vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti” mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib.
Hodisa Hindistonning Madxya-Pradesh shtatidagi Kvandva okrugida yuz berdi. Avtobus yuk mashinasi bilan ro‘paradan to‘qnashib ketdi.
Jarohat olgan to‘qqiz kishi kasalxonaga joylashtirildi. Politsiya halokat sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)