Xitoyning qonun chiqaruvchi oliy organi – Butunxitoy xalq vakillari majlisi amaldorlar Konstitutsiyaga qasamyod qilishi majburiyligi to‘g‘risida qonun qabul qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qonun 2016-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Unga binoan, barcha darajalardagi saylangan va tayinlangan amaldorlar, sudyalar va prokurorlar o‘z lavozimiga kirishishidan oldin Konstitutsiyaga qasamyod qilishi shart.
Shuningdek, qonunda 70 iyeroglifdan iborat qasamyodni o‘qish vaqtida amaldorlar chap qo‘lini konsitutsiyaga qo‘yishi va o‘ng qo‘lini musht qilib tepaga ko‘tarishi belgilab qo‘yildi. Qasamyod marosimi o‘tkaziladigan bino devorlariga mamlakat bayrog‘i va gerbi osilishi lozim.
Izoh (0)