26-iyun kuni SMS texnologiyasini yaratgan finlyandiyalik Matti Makkonen 63 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi “TASS” BBC ma’lumotiga tayanib.
Makkonen mobil telefonlar yordamida qisqa xabarlar yuborish g‘oyasining asoschisi sifatida tanilgan. Barchaning e’tirofiga qaramasdan, u doimo qisqa xabarlar xizmatining yaratilishi uning shaxsiy kashfiyoti emas, balki jamoasining mehnatlari natijasi ekanligini ta’kidlagan.
Mahalliy OAVlarning ma’lum qilishicha, Makkonen uzoq davom etgan xastalik tufayli vafot etgan, biroq uning o‘limi haqidagi xabar kecha tarqaldi.
Izoh (0)